O‘zbekiston | 17:43 / 15.04.2024
6935
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda milliy kontent yaratishdagi muammolar muhokama qilindi

Prezident Administratsiyasi axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov O‘zbekistonda milliy kontent  yaratish bo‘yicha nodavlat teleradiokanallar vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda milliy kontent yaratish bo‘yicha muammolar, shuningdek, ularga yechim topish yo‘llari batafsil muhokama qilingan.

2024 yil yanvarida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda milliy kontent yaratish dolzab masala ekanligini ta’kidlagandi.

“Biz O‘zbekiston axborot makonida milliy kontent yaratishni o‘z qo‘limizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan baho bermas ekanmiz, bu ishlar xorijdan turib amalga oshirilishiga imkon yaratib beramiz. Chunki odamlardagi yangilik, tahliliy ma’lumotlar, real voqealarga ehtiyojni biz to‘ldirmas ekanmiz, buni boshqalar qiladi. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — degandi davlat rahbari.

Mavzuga oid