Gurjistonda - «chet el agentlari» haqidagi qonunga qarshi aksiyalarda qo‘lga olishlar
Tbilisida «Xorijiy ta’sirning shaffofligi» to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishchilar «jamoat tartibini buzdi va politsiyaga qarshilik ko‘rsatdi», deya ma’lum qildi Gurjiston Ichki ishlar vazirligi.
Gurjistonda Tbilisidagi parlament binosi yaqinidagi Rustaveli shohko‘chasida bo‘lib o‘tgan «chet el agentlari» haqidagi qonunga qarshi namoyishda 14 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Gurjiston Ichki ishlar vazirligining 15 aprel, dushanba kuni kechqurun chop etilgan xabarida aytiladi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar «yig‘ilishlar va so‘z erkinligi huquqini amalga oshirishning huquqiy asoslarini» hurmat qilmagan, «jamoat tartibini buzgan, qarshilik ko‘rsatgan va huquq-tartibot xodimlarini haqorat qilgan». «Namoyishchilarning zo‘ravonliklari natijasida ichki ishlarning bir xodimi tan jarohati oldi, unga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatildi», — deyiladi Gurjiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Gurjistonning Ambebi internet nashri yozishicha, 15 aprel kuni qonun loyihasiga norozilik bildirish uchun Rustaveli shohko‘chasiga chiqqan fuqarolar parlament binosi atrofida yurish uyushtirishga uringan, biroq politsiya ularga to‘sqinlik qilgan. Aksiya joyida maxsus kuchlar va suv purkaydigan mashina bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Gurjistonda «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun
Gurjistonda munozarali «Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida»gi qonun Rossiyaning «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonuniga o‘xshashidir. Aprel oyi boshida hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi bir yil avval Tbilisida o‘n minglab odamlar ishtirokidagi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng qaytarib olingan qonun loyihasining o‘zgartirilgan variantini yana ovozga qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.
Hujjatga ko‘ra, mablag‘ning kamida 20 foizini xorijdan oladigan tashkilotlar tegishli organlarda ro‘yxatdan o‘tishi shart. Agar qonunning dastlabki tahririda bunday tashkilotlar «chet el agentlari» deb tasniflangan bo‘lsa, hozirgi loyihada gap «chet el davlati manfaatlarini ifodalovchi tashkilotlar» haqida ketmoqda.
Civil.ge portalining xabar berishicha, «Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Gurjiston parlamentining huquq qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Mavzuga oid
23:25 / 04.11.2024
Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi
15:24 / 03.11.2024
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?
12:10 / 02.11.2024
Edison Research: Gurjistondagi saylovlar natijalari soxtalashtirishdan dalolat beradi
10:30 / 01.11.2024