O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2024
9059
2 daqiqa o‘qiladi

5 ta hududda chiqindi xizmatlari uchun yagona to‘lov tarifi belgilandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi. 

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, tariflar quyidagicha: 

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida jismoniy shaxslar uchun oyiga 4032 so‘m (QQS bilan), yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun 72240 so‘m (QQS bilan);

- Jizzax viloyatining 13 ta shahar va tumanida jismoniy shaxslar uchun 1 kishiga oylik 6000 so‘m, yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun (QQSsiz) 60 000 so‘m va 1 tonna uchun (QQSsiz) 135420 so‘m;

- Sirdaryo viloyatida bo‘yicha aholi uchun 4000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQS bilan) 81 ming so‘m;

- Surxondaryo viloyatining jami 15 ta shahar va tumanida aholi uchun 1 kishiga oylik 4500 so‘m hamda yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun (QQSsiz) 70000 so‘m;

- Qarshi shahrida aholi uchun 6160 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQS bilan) 89600 so‘m. 

Qayd qilinishicha, respublikaning boshqa hududlarida ham qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflarini belgilashga doir chora-tadbirlar olib borilmoqda. Avvalroq, Toshkent shahri hamda Buxoro, Namangan, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilangan edi.

Mavzuga oid