O‘zbekiston | 10:58 / 19.04.2024
20904
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat +22…+27, ba’zi joylarda +29 darajagacha bo‘ladi. Toshkentda yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Foto: Kun.uz

19–20 aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Yakshanba kuni – 21 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

«Odatda bahorning o‘rtalarida kuzatilgani kabi 19–21 aprel kunlari yog‘adigan yomg‘ir mahalliy xususiyatga ega bo‘ladi va asosan kunning ikkinchi yarmida kuzatiladi. Bunda harorat foni o‘zgarmaydi va havo harorati +22…+27 daraja atrofida, ba’zi joylarda +29 darajagacha bo‘ladi», deyiladi xabarda.

Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 metr/soniyagacha kuchayadi. Tog‘larda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat foninig ko‘tarilishi hisobiga baland tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda juma, shanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat 19–21 aprelda kechalari +12…+15, kunduz kunlari +25…+27 daraja bo‘ladi.

«O‘zgidromet» 20–23 aprel kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishi ehtimoli bor.

Mavzuga oid