Isroil harbiy razvedkasi boshlig‘i Aaron Haliva iste’foga chiqdi
Aaron Haliva harbiylar 7 oktyabr kuni Isroilga HAMAS hujumining oldini ololmagani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Isroil Mudofaa kuchlari harbiy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Aaron Haliva iste’foga chiqdi, deb xabar bermoqda Reuters Isroil harbiylarining 22 aprel, dushanba kuni ertalab e’lon qilingan bayonotiga tayanib.
O‘tgan yili Xaliva harbiylar Falastinning HAMAS guruhi 7 oktyabr kuni Isroilga hujumiga to‘sqinlik qilmagani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. «Biz eng muhim vazifamizni bajara olmadik va men, harbiy razvedka boshlig‘i sifatida, muvaffaqiyatsizlik uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman», dedi u.
Isroil Bosh xavfsizlik xizmati - «Shabak» («Shin Bet») rahbari Ronen Bar ham 7 oktyabrdagi muvaffaqiyatsizlik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Uning G‘azo sektoridagi Isroil harbiy amaliyoti yakunida iste’foga chiqishi kutilmoqda.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 34 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
20:27 / 02.11.2024
Isroilda razvedka ma’lumotlarining sizib chiqishiga aloqadorlar ushlandi. Ular orasida Netanyahuning yordamchisi ham bor
15:30 / 02.11.2024
AQSh 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilga 17,9 mlrd dollarlik harbiy yordam berdi
08:56 / 01.11.2024
BMT bosh kotibi Isroilning UNRWA ishini taqiqlash qaroridan chuqur xavotirda
09:20 / 31.10.2024