Ko‘mir mahsulotlarini talon-toroj qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirilyapti
Ko‘mir mahsulotlarini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish kabi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
2024 yil 22 aprel kuni Qonunchilik palatasidagi Ekologik partiya fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 9 ta masala, xususan, 7 ta qonun loyihasi va parlament nazoratiga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
Unda dastlab, deputatlar tomonidan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama etildi.
So‘nggi yillarda respublikada ijtimoiy soha obektlari va aholining ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo ayrim hollarda ko‘mir mahsulotini iste’molchilarga yetkazish va tarqatishda yoki ularni tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan foydalanishda yashirin ravishda oz miqdorda talon-taroj qilish holatlari uchrab turganligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish va ularga ta’sirchan choralarni ko‘rish maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan ko‘mir mahsulotlarini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish kabi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Yig‘ilishda fraksiya a’zolari qonun tashabbuskorlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda qonun loyihasini maromiga yetkazishga qaratilgan taklif-tavsiyalarini bildirdi.
Xususan, ko‘mir mahsulotlarini yetkazish va tarqatish punktlarida aholiga yo‘naltirilayotgan ko‘mir mahsulotlarining sifatini oshirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, ko‘mir mahsulotlari og‘irligini sun’iy ravishda oshirish maqsadida boshqa turdagi mahsulotlarni aralashtirayotganlarga nisbatan ham javobgarlik belgilanishiga oid takliflar ilgari surildi.
Mavzuga oid
10:02 / 19.10.2024
Surxondaryoda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 1 400 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
12:08 / 27.09.2024
Xorazmda MChJ mas’ul shaxslari ijtimoiy soha obektlariga beriladigan ko‘mir uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi
18:10 / 12.09.2024
O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdorlari tomonidan 2 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ talon-toroj qilindi
12:41 / 20.08.2024