O‘zbekiston | 07:50 / 22.04.2024
3064
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonning Ganja shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulxonasi ochildi

Foto: "Dunyo" AA

Ozarboyjonning qadimiy shaharlaridan biri — Ganjada O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi birinchi faxriy konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

O‘zbekiston faxriy konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi Ganja shahar ijro hokimiyati boshlig‘i Niyazi Bayramov, Ganja shahridagi Turkiya va Gruziya Bosh konsulxonalari rahbarlari, ishbilarmon doira vakillari, ilm-fan namoyandalari, faol vatandoshlar va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Ozarboyjondagi birinchi faxriy konsuli etib Kyanan Jalilov tayinlandi.

Faxriy konsulxonasi o‘z okrugi doirasida mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya va sayyohlarni jalb etish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng elchixona xodimlari tomonidan ushbu shaharda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Mavzuga oid