Jahon | 21:48 / 26.04.2024
10740
2 daqiqa o‘qiladi

«Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi

U Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi (odamning qasddan o‘limiga olib keladigan terrorchilik harakatini sodir etish) bilan ayblanmoqda.

Foto: RBK

Rossiya Xavfsizlik kuchlari «Krokus Siti Xoll»dagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxsni – Tojikiston fuqarosi Jumaxon Begijonovich Qurbonovni hibsga oldi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Qo‘lga olingan shaxs Tojikistonning Farxor shahrida tug‘ilgan, 2003 yilda tug‘ilgan. U Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi (odamning qasddan o‘limiga olib keladigan terrorchilik harakatini sodir etish) bilan ayblanmoqda.

Qurbonov aynan qaysi qilmishi uchun ushlangani xabarda batafsil keltirilmagan.

Avvalroq, teraktga bevosita aloqadorlikda gumon qilinayotgan 4 nafar shaxs – Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rajabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzov, shuningdek, bilvosita aloqador 10 nafarga yaqin kishi hibsga olingan edi. Ularning barchasi Tojikiston fuqarolari ekani aytilmoqda. 

Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt 22 mart kuni kechqurun sodir etildi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, tomoshabinlarga qarata o‘q uzdi. Hujumchilar binoni ham yoqib yuborishdi, oqibatda tom quladi va konsert zali butunlay yonib ketdi. 140 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi, 500 nafardan ortiq kishi jarohat oldi.

Mavzuga oid