Qozog‘istonda ShHT davlatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Eron ilk bor tashkilotning to‘laqonli a’zosi sifatida ishtirok etyapti.
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Qozog‘iston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Hindiston, Eron, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Belarus mudofaa vazirliklari delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Uchrashuvga ShHT bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijro qo‘mitasi direktori ham taklif etilgan.
Eron ilk bor tashkilotning to‘laqonli a’zosi sifatida ishtirok etmoqda. Bu yil Belarus ham a’zo bo‘lishi kutilmoqda.
Tadbirni Qozog‘iston mudofaa vaziri, general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov ochib berdi. Uchrashuv mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish, hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish uchun maydon sifatidagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda ShHT shakllanishi va rivojlanishi mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga muhim hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.
Mavzuga oid
17:12
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi 5 milliard kub metrdan oshdi
09:24
Qozog‘istonda o‘zini o‘zi mudofaa qilish va ko‘ngillilar tuzilmalari paydo bo‘ladi
15:30 / 31.10.2024
Qozog‘iston parlamenti Qozog‘iston va O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari to‘g‘risidagi hujjatni ma’qulladi
21:48 / 30.10.2024