Jamiyat | 07:46 / 01.05.2024
3139
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi

Toshkentda o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing 20 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi.

Foto: Shutterstock

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 31 yoshli J.R. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 20 075 000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 24 yoshli P.D. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan P.D. J.R.ga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 20 075 000 miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, P.D.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid