O‘zbekistonda narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha strategiya tasdiqlandi
O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya tasdiqlandi.
Prezidentning “O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya tasdiqlandi. Strategiya doirasida quyidagi maqsadlarga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarning vazifasi etib belgilandi:
- aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarda "giyohvandlikka qarshi immunitetni, o‘quvchi va talabalar orasida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni iste’mol qilishga murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim muassasalarida psixofaol moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi ta’sirchan targ‘ibot-tashviqot va tarbiyaviy-profilaktik mexanizmlarni joriy etish;
- aholiga sifatli narkologik yordam ko‘rsatish tizimini yangi usullar asosida rivojlantirish, giyohvandlik va zaharvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostika, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan manzilli choralarni amalga oshirish;
- giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning noqonuniy aylanmasining yangicha, ayniqsa internet tarmoqdagi usullariga barham berish, bu boradagi tezkor-qidiruv, tergov va ekspert-kriminalistik choralar kompleksini, birinchi navbatda raqamlashtirish orqali rivojlantirish va boshqalar.
Farmon bilan Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi va uning hududiy komissiyalari tarkiblari ham tasdiqlandi. Ularga milliy strategiyaning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish vazifalari yuklangan.
Mavzuga oid
13:50 / 01.11.2024
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi xitoy tilida nashr etildi
07:22 / 28.08.2024
OTB O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik strategiyasini boshladi
07:31 / 14.06.2024
2023 yilda narkojinoyat sodir etganlarning 31 foizdan ortig‘i yoshlar bo‘lgan
10:00 / 13.05.2024