O‘zbekiston | 10:13 / 10.05.2024
24291
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘zgardi 

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan podpolkovnik Ikromjon Tursunov Buxoro viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi.

Foto: IIV

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov ishtirokida Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash masalalariga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida Buxoro viloyatida oila-turmush munosabatlari doirasida, shuningdek, yoshlar, ayollar tomonidan hamda ishsizlik oqibatida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish hamda bu borada mahallalarda shakllantirilgan yettilikning hamkorlik masalalari tanqid qilindi, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir mahallalarda sektor rahbarlari, mahalla raislari, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari tomonidan fuqarolarni qabul qilish va ularning muammolarini hal etish vazifalarga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi tushuntirildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Ikromjon Tursunov tayinlandi.

Ikromjon Tursunov bundan oldin Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yil fevralidan buyon Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida Mirjamol Miralimov ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid