Yakshanba kuni O‘zbekistonda havo isiydi, yog‘ingarchilik to‘xtaydi
Shanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, harorat +19…+23 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanbada yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, harorat +28 darajagacha ko‘tariladi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 10 may kuni deyarli barcha hududlar nam va nisbatan salqin havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi yomg‘ir yog‘adi, kunduzi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat juma va shanba kuni +19…+23, yakshanba kuni +24…+28 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +29…+33 darajagacha bo‘ladi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 10−11 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 12 mayda shimolda va cho‘l hududlarda 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida 10 mayda va kechasi 11 mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 11 may kuni kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
12 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 10 mayda +21…+23, 11 mayda +19…+21, 12 mayda +24…+26 daraja bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 10 mayda 12−14 m/s gacha kuchayishi mumkin.