O‘zbekiston | 15:20 / 13.05.2024
5958
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishi kutilyapti

Bular: Samarqand – Bishkek, Buxoro – Bishkek, Buxoro – Ostona, Samarqand – Turkiston, Buxoro – Turkiston, Shahrisabz – Turkiston, Samarqand – Dushanbe, Buxoro – Dushanbe, Toshkent – Ufa, Toshkent – Krasnodar.

Foto: Transport vazirligi

2024 yil davomida 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishlari ochilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Bular: Samarqand – Bishkek, Buxoro – Bishkek, Buxoro – Ostona, Samarqand – Turkiston, Buxoro – Turkiston, Shahrisabz – Turkiston, Samarqand – Dushanbe, Buxoro – Dushanbe, Toshkent – Ufa, Toshkent – Krasnodar.

Qayd etilishicha, bugungi kunda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

2024 yil yanvar-aprel oylari davomida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar 2023 yil mos davriga nisbatan 15 foizga oshgan.

Mavzuga oid