Qozog‘istonda ilk bor «Onalar kuni» nishonlandi
«Onalar kuni» dunyoning ko‘plab mamlakatlarda onalarni e’zozlash, ularga mehr va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirish maqsadida nishonlanadi.
May oyining ikkinchi yakshanbasida dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida «Onalar kuni» nishonlanadi. Bu yil ularning qatoriga Qozog‘iston ham qo‘shildi.
«Onalar kuni» dunyoning ko‘plab mamlakatlarda onalarni e’zozlash, ularga mehr va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirish maqsadida nishonlanadigan muhim bayramdir. Ushbu kun an’anaviy tarzda AQSh, Kanada, Germaniya, Italiya, Belgiya, Daniya, Finlyandiya, Estoniya, Turkiya, Yaponiya, Braziliya va Avstraliyada nishonlanadi. Ayrim davlatlarda bu bayram boshqa sanaga to‘g‘ri keladi.
«Aslida har bir inson uchun onadan ulug‘ va aziz zot yo‘q. Bizning eng aziz qadriyatlarimiz «Ona Yer» va «Ona Vatan» tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq. «Otalar o‘g‘il tarbiyalaydi, onalar millatni tarbiyalaydi» deyishadi. Bu so‘z muhim ahamiyatga ega», dedi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev.
Qayd qilinishicha, bayramga bag‘ishlab, 6 maydan 12 maygacha bo‘lgan davrda barcha hududlarda 600 dan ortiq turli tadbirlar o‘tkazilgan. Onalar kunini keng nishonlash onaning jamiyatdagi o‘rnini oshirish, har bir fuqaroda ota-onasini hurmat qilish va ularga minnatdor bo‘lishni tarbiyalash, yoshlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, oila institutini asrab-avaylash va mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
15:30 / 31.10.2024
Qozog‘iston parlamenti Qozog‘iston va O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari to‘g‘risidagi hujjatni ma’qulladi
21:48 / 30.10.2024
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga mukofot pullarini ajratish taqiqlandi
20:38 / 30.10.2024
Dekabr oyi oxirida MDH norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi
21:48 / 28.10.2024