Jahon | 10:30 / 14.05.2024
4719
3 daqiqa o‘qiladi

Berlin NATOning Ukraina osmonini himoya qilishdagi ishtirokiga qarshi

Germaniya federal hukumati avvalroq hukmron koalitsiya va muxolifatning bir qancha siyosatchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Ukraina bilan chegaradagi NATO mamlakatlarida havo hujumidan mudofaa tizimlaridan foydalanish g‘oyasini rad etdi.

Foto: Wikipedia

Germaniya hukumati NATOning Ukraina havo hududini himoya qilishda ishtirok etishi haqidagi takliflarni rad etdi. Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt 13 may, dushanba kuni Ukraina osmonini himoya qilish uchun alyans havo hujumidan mudofaa tizimlaridan foydalanish imkoniyatini rad etdi, bunga avvalroq hukmron koalitsiya va muxolifat siyosatchilari ijobiy pozitsiyada qaragan edi.

Shu bilan birga, Xebeshtrayt Ukrainada parvozlarni taqiqlovchi zonalar haqidagi oldingi muhokamalarga ishora qildi, u esa boshqa narsalar qatori G‘arb davlatlari tomonidan amalga oshiriladi. Hozirda o‘z kuchida qolayotgan ushbu variantga qarshi mulohazalar bildirildi, dedi u.

Federal hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni damda gap Ukraina havo mudofaa tizimini mustahkamlash haqida ketmoqda. Germaniya bu yo‘nalishda chora-tadbirlar ko‘rmoqda va Kiyevga yana bir Patriot majmuasi yetkazib bermoqda, dedi u. 

FAZ: Germaniyada NATO ishtirokida Ukraina osmonini himoya qilish g‘oyasi bildirildi 

Avvalroq Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi hukmron Ozod demokratik partiya (ODP) va «Ittifoq 90»/«yashillar», shuningdek, muxolifatdagi Xristian-demokratik ittifoq (XDI) vakillari NATO davlatlari Ukrainaga bir qismini himoya qilishda yordam berishini istisno qilmayotgani haqida yozgan edi. Bunda alyansning sharqiy chegaralarida, xususan Polsha yoki Ruminiyada joylashgan havo hujumidan mudofaa tizimlaridan foydalanish mumkin, deb hisoblaydi ular. 

Rossiya dronlarini shu tarzda tutib olish g‘oyasi Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MSC) eksperti Niko Lange va NATO bosh kotibining sobiq yordamchisi, general-leytenant Xorst-Xaynrix Brausga tegishli, deb yozadi nashr. Langening so‘zlariga ko‘ra, bu Ukraina chegarasida 70 kmgacha bo‘lgan xavfsiz hududni ta’minlash imkonini beradi. Va bu, o‘z navbatida, frontning boshqa tarmoqlarida Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari yukini yengillashtirishga yordam beradi.

Bu g‘oyani «yashillar» partiyasidan Anton Xofreyter va Agneshka Brugger, ODPdan hamda muxolifatdagi XDIdan bundestag a’zolari Markus Faber va Roderix Kizevetter qo‘llab-quvvatladi, deb ta’kidlaydi FAZ. 

Mavzuga oid