O‘zbekiston | 08:19 / 17.05.2024
5658
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni egallab turibdi

17 mayda Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 4-o‘rinni egallab turibdi.

IQAir portaliga ko‘ra, soat 8:15 da Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 160 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Reytingda 1-o‘rinni Hindistonning Dehli shahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 215 mkg/m3. Pokistonning Lahori 2-pog‘onada — 188 mkg/m3. Kongoning Kinshasa shahri uchlikni yakunlab bergan — 174 mkg/m3

Reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Jakarta (Indoneziya), Katmandu (Nepal), Chendu (Xitoy), Kampala (Uganda), Dakka (Bangladesh), Xanoy (Vetnam) o‘rin egallagan. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.

Mavzuga oid