O‘zbekiston | 09:09 / 21.05.2024
1608
2 daqiqa o‘qiladi

Liftlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Liftlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Mazkur qaror prezidentning 2021 yil 6 iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni 1-ilovasi 11-bandiga asosan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Loyihaning maqsadi - inson hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy va yuridik shaxslar, davlatning mol-mulkini himoyalash, atrof-muhit, jonivorlar va o‘simliklar hayoti yoki sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek xaridorlar va iste’molchilarni (foydalanuvchilarni) uning vazifasi va xavfsizligiga nisbatan adashishiga olib keluvchi harakatlardan ogohlantirish maqsadida, liftlar, liftlarning xavfsizlik qurilmalari xavfsizligiga loyihalash, ishlab chiqarish va modernizatsiya qilishda qo‘yiladigan yagona majburiy talablarni belgilashdan iborat.

Qaror loyihasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Liftlarning xavfsizligi” to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanib, uning o‘rniga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo bo‘lgan davlatlarning texnik tartibga solish me’yorlari bilan moslashtirilgan hamda jahon standartlari bilan uyg‘unlashtirilgan yangi tahrirdagi “Liftlar xavfsizligi” to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament tasdiqlanmoqda.

Shuningdek, liftlarni loyihalash, ishlab chiqarish, o‘rnatish vaqtida va belgilangan ishlash muddati davomida uning xavfsizligini ta’minlash uchun umumiy xavfsizlik talablariga javob beradigan vositalar va (yoki) choralarni ta’minlash hamda liftning maqsadi va ishlash sharoitlarini hisobga olgan holda maxsus belgilangan xavfsizlik talablarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid