O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qozog‘iston prezidenti tomonidan qabul qilindi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi ShHT TIV rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ostonaga tashrif buyurgan edi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etayotgan boshqa delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan qabul qilindi.
"Hamkasblarim bilan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev janobi oliylari tomonidan qabul qilindik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Qozog‘istonning Shanhay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Sammitni har tomonlama mazmunli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar qayd etildi.
O‘zbekistonning turli darajadagi vakillari ShHT tuzilmalarining barcha yig‘ilishlari, shuningdek, anjumanlar, forumlar va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi 20 may kuni ShHT TIV rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ostona shahriga tashrif buyurgan edi.
Mavzuga oid
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024