O‘zbekiston toshqinlardan jabr ko‘rgan afg‘on xalqiga gumanitar yordam yubordi
Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 22 tonna guruch, 100 ming dona konserva va 44 tonna makaron mahsulotlari, 25 ming litr o‘simlik yog‘i, 100 ming dona tez tayyorlanadigan lag‘mon, shuningdek, 10 kishilik 100 ta maxsus qurilmali chodir va 1000 litrli 96 ta suv saqlash idishlari o‘rin olgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan, Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli sel-suv toshqinlarida zarar ko‘rgan aholiga ko‘mak ko‘rsatish, ularni zarur vositalar hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston nomidan insonparvarlik yuklari karvoni «Ayritom» chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 22 tonna guruch, 100 ming dona konserva va 44 tonna makaron mahsulotlari, 25 ming litr o‘simlik yog‘i, 100 ming dona tez tayyorlanadigan lag‘mon, shuningdek, 10 kishilik 100 ta maxsus qurilmali chodir va 1000 litrli 96 ta suv saqlash idishlari o‘rin olgan.
Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi kompaniya hududida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Afg‘onistonning Balx viloyati rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Afg‘oniston tomoni vakillari O‘zbekiston prezidenti va xalqiga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
09:51 / 06.11.2024