O‘zbekistondagi birinchi besh yulduzli mehmonxona sotuvga qo‘yildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi International Hotel Tashkent mehmonxonasidagi 100 foiz davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi InterHotel MChJdagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish uchun savdo jarayonlari boshlanganligini e’lon qiladi.
Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida Deloitte kompaniyasi jalb etilgan.
Sotuvga qo‘yilgan mehmonxona 232 ta xona, 7 ta konferensiya zali, 2 ta restoran, barlar, yozgi terrasa, fitnes-klub va basseynni o‘z ichiga oladi. Umumiy 3 ga yer maydonida 44 903 kv metr bino va inshootlar joylashgan.
Xususiylashtirish jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi: sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest), majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO) hamda majburiyatga ega bo‘lgan taklif (BO) bosqichlari. Yakuniy bosqichda taklif etiladigan qat’iy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli to‘lov sifatida amalga oshirish belgilangan.
Arizalarni qabul qilish muddati - 2024 yil 4 iyul soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar davom etadi.
Mavzuga oid
10:27 / 14.09.2024
Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi
19:12 / 24.08.2024
Marokashdagi Royal Mansour mehmonxonasi «Mehmondo‘stlik san’ati» mukofotiga loyiq ko‘rildi
11:00 / 17.08.2024
Mehmonxonalarga imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoit yaratishga subsidiyalar ajratiladi
20:09 / 06.08.2024