Amsterdam aeroportida odam samolyot dvigateliga tiqilib halok bo‘ldi
Baxtsiz hodisa sabablari ma’lum emas. Rasmiylar tergov boshlaganini ma’lum qildi.
Amsterdamning Sxiphol aeroportida KLM Cityhopper aviakompaniyasi samolyotining ishlab turgan dvigateliga tiqilib qolgan bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
NOS teleradiokompaniyasi tomonidan e’lon qilingan kadrlarga ko‘ra, hodisa terminal yaqinidagi platformada sodir bo‘lgan. Voqea joyidan olingan suratlarda samolyot yaqinida o‘t o‘chirish mashinalari va tez yordam xodimlari turganini ko‘rish mumkin.
«Bugun Sxipholda baxtsiz hodisa yuz berdi, oqibatda bir kishi samolyotning ishlayotgan dvigateliga tiqilib qoldi. Afsuski, u halok bo‘ldi», deyiladi KLM bayonotida.
Aeroportda xavfsizlik uchun mas’ul bo‘lgan Niderlandiya harbiy politsiyasi yo‘lovchilar samolyotdan tushirilganini va rasmiylar tergov boshlaganini ma’lum qildi.
Halok bo‘lgan shaxsning shaxsi hozircha aniqlanmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda u aeroport xodimi bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Biroq Algemeen Dagblad (AD) nashri manbalari bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va erkak kutilmaganda dvigatel yoniga borib qolganini xabar qildi.
Flightradar24 xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hodisadan keyin ushbu reys boshqa samolyotda amalga oshirilgan.
KLM Cityhopper aviakompaniyasi KLM milliy aviatashuvchisining shu’ba korxonasi bo‘lib, qisqa masofalarga parvozlarni amalga oshiradi.
Sxiphol - dunyodagi eng katta aeroportlardan biri. Joriy yilning aprel oyida u 5,5 millionga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
00:11 / 12.11.2024
Niderlandiya 9 dekabrdan chegara nazoratini joriy etadi
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
16:16 / 08.11.2024