AEXA Eronga qarshi keskin rezolyutsiyani qabul qildi
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik Erondan ikkita obektida uran zarralarini aniqlash holatlari bo‘yicha tergov doirasidagi hamkorlikni talab qilmoqda.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) boshqaruv kengashi Britaniya, Fransiya va Germaniya taklif qilgan Eron bo‘yicha keskin rezolyutsiyani qabul qildi.
Hujjat mualliflari Erondan AEXA bilan faolroq hamkorlik qilishni, jumladan, Eronning ikkita obektida uran zarralarini aniqlash holatlari bo‘yicha tergov doirasidagi hamkorlikni talab etishgan. Ularning fikricha, «Eronning yadroviy dasturida ko‘p narsa yadroviy qurol dasturiga ega bo‘lmagan davlat uchun misli ko‘rilmagan».
AEXA boshqaruv kengashi Eronning harakatlarini tanqid qiluvchi so‘nggi rezolyutsiyani 2022 yil noyabrida qabul qilgan edi. Keyin Rossiya va Xitoy bunga qarshi ovoz berdi. Eron ushbu hujjatning qabul qilinishiga javoban o‘z obektlarida uranni boyitish tezligini 60 foizgacha tezlashtirdi.
Tehron ushbu rezolyutsiyaga «jiddiy va samarali javob qaytarishga» va’da berdi.
Mavzuga oid
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
08:30 / 21.09.2024
O‘zbekiston va AEXA o‘rtasida yadro tibbiyoti sohasida bitim imzolandi
22:33 / 20.09.2024
AEXA Rossiyani Zaporijjya AES hududini zudlik bilan tark etishga chaqirdi
18:21 / 19.09.2024