Gurjistondagi «chet el agentlari» to‘g‘risida qonun: AQSh sanksiyalarni e’lon qildi
AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga «Gurjiston orzusi»ning bir necha o‘nlab siyosatchilari va deputatlari, shuningdek, namoyishlarni tarqatish uchun mas’ul xavfsizlik kuchlari kiritilgan. Bu faqat birinchi qadam, deb xabar berdi Davlat departamenti.
Qo‘shma Shtatlar Gurjistonning bir necha o‘nlab amaldorlariga qarshi sanksiyalar joriy etilganini bu mamlakat parlamenti «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgandan keyin e’lon qildi. AQSh Davlat departamentining 6 iyun, payshanba kuni ma’lum qilishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi, qonunni qabul qilgan parlament a’zolari, shuningdek, namoyishchilarni tarqatib yuborishga mas’ul huquq-tartibot idoralari vakillari kiritilgan.
Brifingda sanksiyalar haqida e’lon qilar ekan, departament Mettyu Metyu Miller aniq ismlarni aytmadi, ammo «bir necha o‘nlab» odamlar aksildemokratik harakatlar va inson huquqlari buzilishi uchun javobgarlikka tortilishini ta’kidladi.
«Bu harakatlar Gurjistonning Yevropa kelajagiga putur yetkazish xavfi bor hamda Gurjiston Konstitutsiyasi va xalqining xohish-istaklariga ziddir», - deya ta’kidladi Miller. Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar faqat birinchi qadamdir. Gurjiston o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasa, yangi jazolarga duch keladi, deya qo‘shimcha qildi u.
Gurjistonda «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun
Gurjiston muxolifati Rossiyaning «chet el agentlari» haqidagi qonunining nusxasi deb ataydigan «Xorijiy ta’sir shaffofligi to‘g‘risida»gi qonun iyun oyi boshida kuchga kirdi. Gurjiston parlamenti raisi Shalva Papuashvili uni fuqarolar va muxolifat keng ko‘lamli noroziliklari, shuningdek, prezident Salome Zurabishvilining veto qo‘yganiga qaramay, 3 iyun kuni imzoladi.
Qonun kuchga kirgandan so‘ng, Gurjiston Adliya vazirligi 60 kun ichida barcha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishi va 20 foizdan ortiq mablag‘ni xorijiy manbalardan oladigan nodavlat notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tishi shart bo‘lgan elektron portal yaratishi kerak.
Aksariyat onlayn-OAV va NNT qonun bilan qamrab olinadi
«Exo Kavkaza»ning qayd etishicha, Gurjiston onlayn-OAV va asosan G‘arb jamg‘armalari bilan ishlovchi nohukumat tashkilotlari katta qismi ushbu talab ostida qoladi. Hujjat mualliflarining ta’kidlashicha, unda repressiv choralar mavjud emas va notijorat sektordagi tashkilotlar faoliyati shaffofligini oshirishga qaratilgan. Ular, shuningdek, yangi qonun Rossiya emas, Amerika qonunchiligi normalarini takrorlaydi, deb da’vo qilmoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati qonun qabul qilinsa, Gurjiston bilan munosabatlarni har tomonlama ko‘rib chiqishi to‘g‘risida ogohlantirdi. O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqining qator davlatlari agar hujjat imzolansa, Gurjistonni YeI a’zoligiga nomzod maqomidan mahrum qilish va Tbilisi bilan vizasiz rejimdan voz kechishga chaqirdi.
Mavzuga oid
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
14:00 / 16.11.2024
Gurjistonsiz 30 yil: Abxaziya va Janubiy Osetiya qanday yashamoqda?
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
13:37 / 06.11.2024