Putin: Rossiyaning hozirgi taktikasida safarbarlik kerak emas
Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi maqsadlariga tezda erishish uchun hozirgi kontingent yetarli emasligini tan oldi.
Rossiyada safarbarlikning yangi to‘lqini bo‘yicha rejalar yo‘q, dedi Vladimir Putin 7 iyun, juma kuni Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining («PMEF») yalpi majlisida.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kontingent maqsadlarga tezda erishish uchun yetarli emas, ammo hozir Rossiya armiyasi qo‘mondonligi boshqacha taktikaga amal qilmoqda. «Biz dushmanni nazorat ostiga olishimiz kerak bo‘lgan hududlardan siqib chiqarmoqdamiz, bu ma’noda safarbarlik e’lon qilishning hojati yo‘q», deb tushuntirdi Putin.
Unga ko‘ra, 2023 yilda 300 mingdan ortiq kishi o‘z ixtiyori bilan frontga ketgan, 2024 yil boshidan buyon esa 160 mingdan ortiq rossiyalik Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan.
2022 yilda Rossiyadagi safarbarlik
Rossiya hukumati 2022 yil sentabrida «qisman safarbarlik» e’lon qildi. Rossiyaning sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu 300 ming kishi safarbar etilganini e’lon qildi. Rasmiylarga ko‘ra, yana 20 mingga yaqin kishi ko‘ngillilar sifatida urushga ketgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov safarbarlik e’lon qilinishidan oldin jurnalistlarni bu haqda hech qanday gap yo‘qligiga ishontirgandi.
Mavzuga oid
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024
Putin Kursk oblastini Tramp inauguratsiyasigacha qaytarmoqchi
22:35 / 11.11.2024