O‘zbekiston | 11:00 / 14.06.2024
21631
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi

74 yoshli Sunario Kartadinata 2019 yildan beri O‘zbekistonda diplomatik faoliyat olib borayotgandi.

Joriy yilning 13 iyun kuni Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi. Bu haqda elchixonaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi.

Tibbiyot fanlari magistri, professor Sunario Kartadinata bir vaqtning o‘zida Indoneziyaning Qirg‘izistondagi elchisi ham hisoblangan.

1950 yilda tug‘ilgan Sunario Kartadinata 2019 yildan beri O‘zbekistonda diplomatik faoliyat olib borayotgandi.

Mavzuga oid