Hududlarda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Rishton tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.P.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari Roshidoniy ko‘chasidagi noturar obektiga o‘rnatilgan elektr hisoblagichni almashtirib, jami 301,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda A.B. va M.Z. fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari yer maydonlariga o‘rnatilgan suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 156,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.Z.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari suv nasoslariga o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, jami 62 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 11.09.2024
Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirish siyosatiga mas’ul o‘rinbosari tayinlandi
13:38 / 06.09.2024
Hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
14:10 / 04.09.2024
Navalniyning o‘limi: prokuratura ish qo‘zg‘atmaslik haqidagi qarorni bekor qildi
20:45 / 31.07.2024