Jahon | 12:50 / 26.06.2024
3469
2 daqiqa o‘qiladi

Seul: KXDRning gipertovushli raketa sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Janubiy Koreya harbiy qo‘mondonligi ma’lum qilishicha, raketa Pxenyan yaqinidagi hududdan uchirilib, taxminan 250 kilometr uchib o‘tgan va Yapon dengiziga qulagan.

Foto: KCNA/AFP

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon gipertovushli raketani muvaffaqiyatsiz uchirdi. Pxenyan yaqinidagi hududdan uchirilgan raketa 250 kilometrga yaqin uchib o‘tib, suvga qulagan, deb xabar berdi 26 iyun, chorshanba kuni AFP Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi (ShBBQ) vakiliga tayanib.

Uchirish faktini Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ham tasdiqladi va Yapon dengizidagi kemalardan agar aniqlansa, raketa qoldiqlariga yaqinlashmaslikni talab qildi. 

KXDR 30 may kuni ushbu muvaffaqiyatsiz sinovdan oldin oxirgi raketa sinovini o‘tkazdi. O‘shanda Seul Pxenyan 10 ga yaqin qisqa masofali ballistik raketa uchirgani haqida xabar bergan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya artilleriya va qanotli raketalar ishlab chiqarishni ko‘paytirgan, shuningdek, Ukrainada foydalanish uchun Rossiyaga o‘q-dorilarni yuborishdan oldin ularning sinovlarini oshirgan. 

KXDR Janubiy Koreyaga chiqindi sharlarini uchirishda davom etmoqda 

Gipertovushli raketa sinovi KXDR tomonidan Janubiy Koreya tomon yana chiqindi sharlari uchirilishi ortidan o‘tkazildi. Shimoliy Koreya havo sharlarining so‘nggi partiyasidagi «uchar jismlardan» biri samolyotga chiqish yaqiniga qo‘ngach, Incheon xalqaro aeroporti ishi bir necha soat davomida to‘xtab qoldi. 

Pxenyan allaqachon Janubiy Koreyaga chiqindi bilan to‘ldirilgan mingdan ortiq shar uchirdi. KXDR rasmiylari janubiy qo‘shnisiga «samimiy sovg‘alar» chegara hududlarida Kim Chen In rejimini tanqid qiluvchi «targ‘ibot materiallari tarqatilishiga javob» ekanini bildirdi. 

Mavzuga oid