Seul Shimoliy Koreya Ukrainaga qo‘shin yuborishidan xabar topdi
Vladimir Putinning Pxenyanga tashrifidan so‘ng Shimoliy Koreya o‘z harbiylarini Ukrainaning ruslar tomonidan bosib olingan hududlariga yuboradigan bo‘lgan.
Janubiy Koreya hukumati vakilining TV Chosun telekanaliga ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya iyul oyida Ukrainadagi Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarga «tiklash ishlarida» qatnashish uchun injyener harbiylarni yuborishni boshlaydi.
Seul vakiliga ko‘ra Ukrainaga yuboriladigan KXDR harbiylari ayni damda Xitoyda bo‘lib turibdi. Janubiy Koreya vakili bu harbiylar Ukrainaga borishi uchun aynan Xitoy mablag‘ ajratishini ma’lum qilgan.
Pentagon matbuot kotibi general Pet Rayder bu xabarni izohlar ekan Ukrainaga yuborilayotgan Shimoliy Koreya harbiylari shunchaki to‘p yemi bo‘lishini aytgan. «Agar men Shimoliy Koreya qo‘shinlari qo‘mondoni bo‘lganimda askarlar Ukrainadagi jinoiy urushga yuborilishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardim», deb izohlagan o‘z so‘zini amerikalik general.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi
12:10 / 21.09.2024