O‘zbekiston | 09:43 / 29.06.2024
2107
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda savdo sohasidagi korxonalar qancha soliq to‘lagani aytildi
Savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 145 ming 249 ta yuridik shaxs tomonidan 2024 yil yanvar-may oylarida 10 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Soliq qo‘mitasi ma’lum qilishicha, shundan 996,9 mlrd so‘mi, ya’ni 10 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 21,6 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 299,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 389,4 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i – 229,4 mlrd so‘m;
- aksiz solig‘i - 157,9 mlrd so‘m;
- JShODS - 128 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 69,6 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 19,6 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 3 mlrd so‘m.
Mavzuga oid
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024
Jamoat transporti uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi
08:20 / 18.09.2024
Avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi
20:38 / 14.09.2024