Jamiyat | 16:34 / 30.06.2024
22058
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda fuqarolarga o‘yinchoq to‘pponcha o‘qtalib, videoga olgan shaxs qamaldi

Bu shaxs avval ham bir necha marta huquqbuzarlik sodir etgan va tegishli tartibda jazolangandi.

Foto: Videodan kadr

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida fuqarolarga to‘pponcha o‘qtalib, buni videoga olgan shaxs qamaldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

“Ruxsor News”telekanalida berilgan videolavhada aytilishicha, ushbu shaxs Qo‘qon shahrida joylashgan klublarning birini reklama qilish maqsadida soxta to‘pponchani fuqarolarga o‘qtalgan va buni videoga olgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarga joylangach, ko‘plab muhokamalarga va e’tirozlarga sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, huquqbuzar shaxsga MJtKning 183 va 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Sud hukmi bilan unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi berilgan.

Mazkur shaxs avval ham bir necha marta huquqbuzarlik sodir etgan va tegishli jazo olgan edi.

Jumladan, 2024 yil 2 yanvar kuni u Qo‘qon shahridagi markaziy ko‘chalarning birida yo‘l o‘rtasiga stol-stul qo‘yib ovqatlangan va holatni videoga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Mazkur huquqbuzalik uchun uchun o‘shanda unga MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan jarima jazosi qo‘llangandi.

Mavzuga oid