O‘zbekiston 5 oyda 420 mln dollarlik meva sabzovot eksport qildi
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya, Pokiston, Qozog‘iston va Xitoy bo‘lgan.
O‘zbekiston 5 oyda qancha meva va sabzovot eksport qilgani ma’lum qilindi.
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 420,1 mln dollarga teng bo‘lgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,4 foizga yoki 68,3 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,7 foiz), Pokiston (19,7 foiz), Qozog‘iston (15,3 foiz) va Xitoy (7,8 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2024 yilning yanvar-may oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,9 foizini tashkil etgan.
Mavzuga oid
09:40 / 09.09.2024
O‘zbekiston radioaktiv izotopli mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishi mumkin
08:40 / 09.09.2024
Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi
13:00 / 07.09.2024
Germaniya iyulda Rossiyaga eksport hajmini keskin oshirdi
08:48 / 06.09.2024