Ukraina qo‘shinlari Rossiya Donbassni egallashi uchun asosiy shaharda pozitsiyalardan chekindi
Ukraina qurolli kuchlari (UQK) Chasiv Yar shahrining sharqiy qismidagi Kanal mikrorayonidan chekindi, deb xabar bergan «Xortitsya» oprativ-strategik qo‘shinlar guruhi vakili Nazar Voloshin.
«Mudofaachilarimizning pozitsiyasi vayron qilib bo‘lindi va qo‘mondonlik tomonidan ko‘proq himoyalangan va tayyorlangan pozitsiyalarga ko‘chish haqida qaror qabul qilindi», — degan Voloshin 4 iyul kuni telemarafon efirida. Uning qo‘shimcha qilishicha, mikrorayonni katta yo‘qotishlar evaziga ushlab turish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan.
Voloshinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi ma’lum bir «dedlayn»larni bajarish uchun shaharni to‘liq egallab olishga harakat qilmoqda. Birgina so‘nggi sutka ichida Chasiv Yar hududida turli qurollardan 230 ga yaqin o‘t ochilgan, deb qayd etgan Voloshin. Kanal mikrorayonining egallanishini Ukrainaning Deep State OSINT-loyihasi ham tasdiqlagan. Tahlilchilarning qayd etishicha, rossiyalik harbiylar mikrorayonni yer yuzidan supurib tashlagan, shu sababli UQKning bu yerdan chekishini «mantiqli, biroq og‘ir qaror» bo‘lgan.
Chasiv Yar shahrining sharqiy qismiydagi mikrorayon egallangani va tozalangani haqidagi xabarlar avvalroq Rossiyaning 98-havo-desant diviziyasi Telegram kanalida paydo bo‘lgan edi. Unda Rossiya hamda havo-desant qo‘shinlarining bayrog‘i binolardan birining ustiga tikilgani tasvirlangan video ham e’lon qilingan. «Oldinda Chasiv Yar, oldimizda katta va mas’uliyatli ish turibdi», — deyilgan Telegram kanal xabarida.
Mikrorayon uchun janglar shu yilning aprel oyida boshlangan. Ayni paytda Ukraina QK Chasiv Yarda Shimoliy Don – Donbass kanali chizig‘i bo‘ylab mudofaa marralarini egallab turibdi. Shaharning katta qismi kanaldan g‘arbda joylashgan.
Mavzuga oid
17:58 / 11.11.2024
Britaniya va Fransiya Baydenni Ukraina Storm Shadow raketalaridan foydalanishiga ruxsat berishga ko‘ndirmoqchi
09:00 / 11.11.2024
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19 / 11.11.2024
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024