Jahon | 23:23 / 10.07.2024
4451
1 daqiqa o‘qiladi

WSJ: aksar demokratlar Baydenning saylovdagi g‘alabasiga ishonmayapti

AQSh Vakillar palatasidagi demokratlarning uchdan bir qismi prezidentlik saylovida Jo Bayden emas, boshqa demokrat qatnashishini istamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bergan.

Foto: Reuters

Gazeta xabariga ko‘ra, yana uchdan bir qism demokratlar Bayden saylovda qatnashishiga ko‘nib bo‘lgan, ammo ular g‘alabaga ishonmayapti. WSJ'ga bu haqda shaxsini ma’lum qilmagan demokratlar ma’lum qilgan.

Jurnalistlar vakillar palatasidagi demokratlardan faqat yetti nafari Bayden poygadan chiqishi haqida ochiq gapirgani, qolganlar bu haqda faqat o‘zaro suhbat vaqtida gapirganiga e’tibor qaratgan.

Ma’lumot uchun, 27 iyun kuni AQSh prezidenti Bayden saylovdagi raqibi Tramp bilan debat vaqtida o‘zini juda no‘noq tutgani sabab demokratlar orasida sarosima boshlangan va uning g‘alabasiga ishonch pasayib ketgandi. Bayden esa poygadan chiqish niyati yo‘qligi, Trampni ikkinchi marta ham yengishga ishonchi komil ekanini aytgandi.

Mavzuga oid