Jahon | 11:39 / 11.07.2024
33781
2 daqiqa o‘qiladi

«Vagner» safiga yollangan o‘zbekistonlikka Toshkentda hukm o‘qildi

U Rossiyada giyohvand moddalar savdosi uchun qamalganidan so‘ng rossiyalik harbiylar taklifi bilan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi safiga yollangan. U Ohangaron tuman sudida Ukraina hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etmagani va faqat istehkomlar qurilishida ishtirok etganini aytgan.

Aleksey Kudenko/RIA «Novosti»

2019 ĭil dekabr oyida ishlash maqsadida Rossiyaga borgan Shavkat Yo‘ldoshev Moskva shahridaligida giyëhvandlik vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qŭlga olinadi.

2021 yil sentabrida Kaluga oblasti Obninsk shahar sudi tomonidan RF Jinoyat kodeksining 228-1-moddasi 4-qismi «a, g» bandlari bilan aĭbli deb topilib, 7 ĭil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Sh.Yo‘ldoshev jazoni ŭtash davrida, Rossiya harbiĭlari taklifiga kŭra, 2022 ĭil oktyabrdan 2023 ĭil 22 aprelga qadar «Vagner» xususiĭ shirkatida 6 oĭ xizmat qilib, bu xizmati evaziga jazoning ŭtalmaĭ qolgan qismidan ozod qilingan va 950 ming rubl miqdorida pul mukofoti hamda RFning «Za otvagu» kŭkrak nishoni bilan taqdirlangan.

U Rossiya fuqaroligini ololmagach, 2023 ĭil avgust oyida Ŭzbekistonga qaĭtib kelganida tergovga tortiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudining shu yil 30 maydagi hukmi bilan, Sh.Yo‘ldoshev Ŭzbekiston Respublikasi JK 154-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aĭbli deb topiladi va 2 ĭil 6 oĭ muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi taĭinlanadi.

Sudlanuvchi sudda bergan ko‘rsatmalarida Ukrainaning Luhansk oblasti hududida bo‘lib, harbiy istehkomlar (blindaj) qurishda ishtirok etgani, «Vagner» tashkilotining harbiĭ harakatlarida ishtirok etmaganini aytgan.

Mavzuga oid