Olim Saidov YHXX rahbarligidan ketdi
Uning o‘rniga polkovnik Sherzod Ibragimov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Polkovnik Olim Choriqulovich Saidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati rasman xabar berdi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga polkovnik Sherzod Shokirovich Ibragimov tayinlangan.
Tayinlovga qadar Sh.Ibragimov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Olim Saidov 2019 yil noyabridan buyon YHXX boshlig‘i lavozimida ishlayotgandi. U muqaddam Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i va Yunusobod tuman IIB boshlig‘i lavozimlarida ham ishlagan.
Sherzod Ibragimov Navoiy viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 2022 yil noyabrida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024
To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
14:02 / 21.08.2024