Yevropaning 47 davlati yetakchilari Ukrainaga keyingi yordamni muhokama qildi
Britaniyada Yevropa siyosiy hamjamiyatiga a’zo davlatlarning to‘rtinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. 47 davlat rahbarlari Ukrainaga yordam berish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash va boshqa mavzularni muhokama qildi.
18 iyul, payshanba kuni Britaniyada Yevropaning 47 davlati davlat va hukumat rahbarlari yig‘ildi. Yevropa ciyosiy hamjamiyatining joriy, to‘rtinchi sammiti Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati va Albaniyadan Ukrainagacha bo‘lgan 20 ta uchinchi davlatni o‘z ichiga olgan. Tadbir Britaniyaning yangi bosh vaziri Kir Starmer tomonidan o‘tkazildi.
Starmer sammitda Ukrainaga Rossiyadan o‘zini himoya qilishda qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, shuningdek, xavfsizlik va energetika masalalarini muhokama qildi. Sammit anjumanida Germaniyadan kansler Olaf Shols ishtirok etdi.
Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham ishtirok etishi kutilgandi. Aynan u Yevropaning kelajagi haqida siyosiy va strategik munozaralar uchun tashkil etilgan hukumatlararo tashkilot bo‘lgan Yevropa siyosiy hamjamiyatini yaratish tashabbuskori edi. Makron hamjamiyatni yaratish tashabbusi bilan 2022 yil may oyida, Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumi boshlanganidan ko‘p o‘tmay chiqdi.
Mavzuga oid
22:34
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024