Buxoroda ikki korxona 585 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Buxoro shahri va Qorovulbozor tumanida 585,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJlar aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Unga ko‘ra, departamentning Buxoro shahar bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va ETK xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. “B.B.” MChJ rahbari B.I. va boshqalar Sanoatchilar ko‘chasidagi ko‘p qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini barpo etishda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 433,5 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Qorovulbozor tuman bo‘limi va tuman ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “H.A.” MChJni norasmiy boshqarib kelgan fuqaro Sh.H. suv resurslarini ko‘p talab qiladigan maydondagi ekinlarni sug‘orish uchun o‘rnatilgan elektr hisoblagich sxemasini o‘zgartirib, jami 152 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:00
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
08:15
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
10:09 / 07.11.2024
683 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi
11:34 / 06.11.2024