O‘zbekiston | 15:05 / 22.07.2024
18051
1 daqiqa o‘qiladi

Chorvoqdagi halokat: U yerda motorli qayiqlardan foydalanish 4 yil oldin taqiqlangan edi

Chorvoq suv omborida katamaranga gidrosikl kelib urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Vaholanki, 2020 yilda hukumat bu suv havzasida barcha turdagi motorli qayiqlardan foydalanishni taqiqlagan edi. Bu taqiqqa amalda rioya qilinmayapti.

Foto: uzbekistan.travel

Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning 10 iyul kuni «Turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi. Mazkur qaror bilan Chorvoq suv omborida barcha turdagi motorli suv transporti vositalarining harakatlanishi taqiqlangan.

«Chorvoq suv omborida motorsiz, muqobil energiya manbalarida harakatlanuvchi hamda maxsus vazifalarni bajarish vakolatiga ega bo‘lgan vazirlik va idoralarning motorli suv transporti vositalaridan tashqari barcha motorli suv transporti vositalarining harakatlanishi, shuningdek, Chirchiq daryosi va uning irmoqlarida (maxsus ajratilgan suv havzalaridan tashqari) cho‘milish, transport vositalarini yuvish va maishiy chiqindilarni tashlash taqiqlanadi», deyilgandi qarorda.

Bu taqiqqa amalda rioya qilinmayapti. 20 iyul kuni Chorvoq suv omborida skuter haydagan 19 yoshli fuqaro boshqaruvni eplay olmay 2 kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi.

Mavzuga oid