Kichik va o‘rta biznes vakillari uchun ajoyib imkoniyat!
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Jahon bankining "MUNIS" loyihasi bilan hamkorlikda kichik va o‘rta biznes sub’yektlari uchun grantlar ajratish loyihasini e’lon qiladi.
Mazkur dasturda "Biznesni rivojlantirish banki" tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda kichik va o‘rta biznes sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarning innovatsion salohiyatini oshirish, ichki, mintaqaviy va jahon bozorlarida o‘z imkoniyatlarini takomillashtirish uchun yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni ishlab chiqishga qaratilgan loyihalar moliyalashtiriladi.
Grant dasturining asosiy shartlari:
Grant miqdori har bir loyiha uchun 50 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyihani amalga oshirish – O‘zbekiston Respublikasi hududida 12 oygacha.
Qo‘shma moliyalashtirish – "Biznesni rivojlantirish banki" hamkor tashkilot sifatida mazkur dasturga kelib tushgan loyihalarni kredit shartnomasi asosida qo‘shma moliyalashtirishga tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.
➡️ Grant mazkur sohalar bo‘yicha ajratilishi rejalashtirilgan:
🟢Agro-oziq-ovqat texnologiyalari.
🟢Tibbiyot va tibbiy texnologiyalar.
🟢Yangi materiallar va kimyoviy texnologiyalar.
🟢Konchilik va metallurgiya sanoati.
🟢Biotexnologiyalar va farmatsevtika.
🟢Mashinasozlik va avtomobilsozlik.
Arizalarni topshirish muddati: 2024 yil 20 iyuldan 5 sentabrgacha.
Mazkur tanlov shartlari va dasturga oid barcha savollarga javob va tushuntirishlar berish maqsadida, joriy yilning 30 iyul kuni soat 10:00da Jahon bankining xalqaro ekspertlari tomonidan maxsus seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘tkazilish joyi: "Biznesni rivojlantirish banki" binosi.
Seminarlarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak
📍Qo‘shimcha ma’lumot uchun
📍Grant dasturi qo‘llanmasini ko‘ring
📍Barcha arizalar onlayn qabul qilinadi
📍Tel: +998 99 887 77 98 +998 94 353 90 45
Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Jahon banki "MUNIS" loyihasi doirasida Innovatsion salohiyatni oshirish "Innovation Capabilities Program (ICP)" grant dasturida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish.
Mavzuga oid
17:00 / 21.10.2024
Tadbirkorlar uchun o‘quv kursi: hammasi bepul!
20:42 / 10.09.2024
BRBga ajratilgan qarzlar ustav kapitalini oshirishga yo‘naltiriladi
09:59 / 23.08.2024
Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyihalar aniqlandi
19:00 / 14.08.2024