O‘zbekiston | 19:00 / 24.07.2024
5187
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

"PAHTAMASH" – sifatli va ishonchli zamonaviy paxta tozalash uskunalari

"PAHTAMASH" MChJ O‘rta Osiyodagi yirik paxta tozalash uskunalari ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida tanilgan. Bu korxona paxta industriyasi uchun zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni loyihalash va ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. "PAHTAMASH" MChJning asosiy vazifalari qatoriga paxtani dastlabki qayta ishlash uskunalari va komplekslarini ishlab chiqarish kiradi. Bu uskunalar orasida:

  •  paxta xomashyosini tayyorlash va saqlash mashinalari;
  •  quritkichlar;
  •  tozalash uskunalari;
  •  djinlar va tola tozalagichlar;
  • linterlar hamda urug‘chilik chigitini tayyorlash mashinalarini topish mumkin.

Djin DP-137

“PAHTAMASH” MChJ 200 dan ortiq turdagi paxta tozalash uskunalarini, laboratoriya qurilmalarini VHS-1M paxta namligini aniqlash moslamasi, LPS-4 paxta navini aniqlash moslamasi, LKM-2 paxtadagi mavjud iflosliklarni aniqlash moslamasi, 1DL-10 laboratoriya djini va ular uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqaradi. Kompaniya yiliga 5 ming va undan ziyod tonnagacha paxta xomashyosi ishlab chiqarish quvvatiga ega zavodlarni loyihalash, montaj qilish va ishga tushirish bo‘yicha jarayonlarni amalga oshirmoqda.

  "PAHTAMASH" MChJ mahsulotlari O‘zbekistonning paxtachilik tarmoqlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu uskunalar yordamida paxta xomashyosining qayta ishlash samaradorligi oshirilib, mahsulot sifati yaxshilanadi. Shu bilan birga, "PAHTAMASH" MChJ uskunalari paxta xomashyosini kamroq yo‘qotishlar bilan tez va samarali qayta ishlaydi, bu esa iqtisodiy samaradorlikni oshirishda katta ahamiyatga ega.

SL-200 avtomatlashtirilgan linter

Kompaniya mamlakatdagi va xorijdagi paxta tozalash zavodlarida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va buning natijasida seriyalik ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi mashinalar yaratish ishlarini xam olib boradi, masalan:

- DP-90, DP-137 va DP-150 markalik arralik djin;

- AXOK markali paxtani katta va kichik aralashmalardan tozalash agregati (modernizatsiya qilingan UXK)

- Yangi 2KVU-M markali tola kondensori “Mirzacho‘l Agroklaster Grup” MChJ zavodida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan;

- SL-160 va SL-200 avtomatlashtirilgan linterlar (chigit sinishi 200% kamaydi) “PAKHTAKOR TEX” va “Qarshi Agro Klaster” hamda Ozarbayjon va Tojikistondagi paxtani qayta ishlovchi korxonalarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan.

KLP-650 ko‘chma tasmali konveyer

Ushbu mashinalarning sinovi ijobiy natijalarni berdi – paxta tolasi ulushi oshirildi, mahsulot sifati yaxshilandi, avtomatlashtirish joriy etilgani hisobiga energiya tejamkorligi, shuningdek, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishda qulayliklari yaratildi.

XPP-III Paxtani qabul qilish-uzatish ko‘chma qurilmasi

Korxona mahsulotlariga milliy va xalqaro bozorlarda talab yuqori bo‘lib, ular O‘zbekistonning turli hududlarida va hatto xorijiy davlatlarda keng foydalaniladi. Mahsulotlarining sifati va ishonchliligi bilan "PAHTAMASH" MChJ paxtaga dastlabki ishlov berish sohasida o‘zining mustahkam o‘rnini egallagan.

  Bundan tashqari, kompaniya texnik yangilanishlar va innovatsiyalarga katta e’tibor qaratadi. Uning muhandislari va dizaynerlari doimiy ravishda uskunalarning samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish yo‘llari ustida doimiy izlanishlar olib borgan holda yangi modellar va yechimlarni taqdim etishmoqda.

“PAHTAMASH” MChJda sifat va to‘liqligi bo‘yicha pasportning texnik ma’lumotlariga hamda tasdiqlangan texnik talablar Ts 14838126-01-2015 mos keladigan asbob-uskunalar ishlab chiqarish uchun korxonada nazorat qilinadigan shartlar mavjudligini tasdiqlaydigan ISO 9001-2015 sifat menejmenti tizimi standartini joriy qilgan va "RIR SERT" xalqaro sertifikatlashtirish kompaniyasi tomonidan sertifikatlashtirilgan.

1DL-10 laboratoriya djini

LKM-2 paxtadagi mavjud iflosliklarni aniqlash moslamasi

“PAHTAMASH” MChJ muntazam ravishda Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistonga shuningdek, bir qancha kompleks paxta tozalash zavodlari yetkazib berilgan Ozarboyjon, shuningdek Afg‘oniston va Turkiyaga paxta tozalash uskunalarini yetkazib beradi.

Kompaniya eksport hajmini 50 %dan ortiq oshirish maqsadida paxta tozalash bo‘yicha Osiyo va Afrika bozorlarini o‘rganish va rivojlantirishni rejalashtirgan.

Murojaat uchun telefonlar:

+998712675278

+998931115252

+998930075252

+998999995252

Web-sahifa: www.pahtamash.uz

E-mail: info@pahtamash.uz

Manzil: Toshkent shahri, Bektemir tumani, Chirchiq bo‘yi ko‘chasi, 13A

Reklama