Qirg‘izistonda Otalar kuni to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Qonun oila institutini mustahkamlash, shuningdek, ota va onaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va hissasini e’tirof etishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Qirg‘iziston Respublikasida Otalar kuni va Onalar kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2024 yil 26 iyunda qabul qilingan. Qonun bilan Otalar kuni har yili 15 martda va Onalar kuni (may oyining uchinchi yakshanbasi) nishonlanishi belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, qonun oila institutini mustahkamlash, shuningdek, ota va onaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va hissasini e’tirof etishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda Onalar kuni 2012 yildan beri may oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi.
Mavzuga oid
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
18:09 / 05.11.2024