Ruminiya hududida Rossiya droni parchalari topildi
Mamlakat tashqi ishlar vazirligi rahbari Ukrainaga tunda uyushtirilgan hujum natijasida Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining bo‘laklari Ruminiya hududiga qulaganini qayd etdi. Hodisa haqida NATO bo‘yicha hamkorlar xabardor qilingan.
Rossiya Federatsiyasining Dunay daryosi chegarasida joylashgan Ukraina infratuzilma obektlariga tungi hujumi natijasida Ruminiyada Ukraina bilan chegarada yana Rossiya dronlarining parchalari topildi. Bu haqda Ruminiya tashqi ishlar vaziri Luminita Odobesku 25 iyul, payshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. «Rossiya Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga jirkanch hujumlar uyushtirdi. Ruminiya hududidan parchalar topildi. Biz ittifoqchilarimizni xabardor qildik va bu masalada harakatlarni ular bilan muvofiqlashmoqdamiz», deb yozdi u hamda mamlakati «bu mas’uliyatsiz harakatlarni keskin qoralashi»ni qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Rossiyaning Ukraina hududlariga hujumlari natijasida Ruminiyada bir necha bor shunga o‘xshash holatlar qayd etilgan. Aniqlik kiritilishicha, Ruminiya NATO bo‘yicha hamkorlarini Ukrainaning Ismoil Dunay porti portiga qarama-qarshi joylashgan Tulcha uyezdi Plauru qishlog‘i hududidagi yangi topilma haqida xabardor qildi.
UUA parchalari kimga tegishli ekani aniqlandi
Ruminiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, parchalar Rossiya kecha kechqurun Ukrainaga hujum qilgan Shahed droniga tegishli. Qayd etilishicha, Ruminiya Mudofaa vazirligi 25 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning chegara yaqinidagi yangi hujumlaridan so‘ng xuddi shu mintaqadagi Ruminiya hududiga boshqa obektlar tushgani yoki yo‘qligini tekshirmoqda.
Hudud aholisi hujumlar haqida ogohlantirilib, bunker yoki yerto‘lalarda yashirinishga chaqirildi. Bundan tashqari, Rossiya hujumlari paytida rumin qiruvchi samolyotlari har safar trevoga bo‘yicha havoga ko‘tarilgan.
Rossiya kechasi Ukrainaga yana uchuvchisiz uchoqlar va raketalar bilan hujum qildi
25 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga 38 ta Shahed-131/136 hujumkor dronlari bilan hujum qildi, ulardan 25 tasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirildi, dedi Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk. Unga ko‘ra, Odessa viloyati janubidagi va Ukraina markaziy hududlaridagi infratuzilma obektlari hujumga uchragan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev, Odessa, Xerson, Mikolayiv, Sumi, Jitomir va Cherkas viloyatlarida ishladi.
Odessa viloyati ma’muriyati rahbari Oleg Kiperning aytishicha, mintaqada Ruminiya bilan chegarada joylashgan Izmoil tumani hujumga uchragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerdagi ma’muriy bino qisman vayron bo‘lgan, yong‘in kuzatilgan va u o‘chirilgan. Kiperning qo‘shimcha qilishicha, xususiy uy ustiga vayronalar tushishi oqibatida ikki kishi jarohatlangan, ulardan biri kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
13:40 / 14.11.2024
Buxarestda O‘zbekiston-Ruminiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
23:05 / 19.10.2024
Havo makonining buzilishi: Ruminiya qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘tardi
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024