O‘zbekiston | 14:08 / 29.07.2024
49495
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda 

O‘zbekiston bo‘yicha 29-31 iyul va 1-2 avgust kunlariga ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo haroratining biroz pasayishi kutilmoqda. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kunduzgi havo harorati +34...+38 daraja atrofida, faqat janubda ba’zi joylarda +41...+44 darajagacha bo‘ladi.

Ish haftasining o‘rtasidan oxirigacha harorat foni +2...+3 darajaga ko‘tariladi. Hududning katta qismida kunduz kunlari havo +39...+41 darajagacha isiydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 29-31 iyulda cho‘l hududlarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayadi.

Harorat asosan kechalari +22...+25 daraja, kunduz kunlari 29-30 iyulda +36...+38 daraja, 31 iyul va 1-2 avgustda +38...+41 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid