Jahon | 09:20 / 30.07.2024
5172
1 daqiqa o‘qiladi

«Hizbulloh» Isroilning 3 harbiy bazasiga hujum qilganini bildirdi

2023 yil 8 oktyabrdan beri chegara chizig‘ida Isroil armiyasi va «Hizbulloh» o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 386 nafar «Hizbulloh» a’zosi va 18 nafar isroillik askar halok bo‘ldi.

Foto: Anadolu Agency

Livandagi «Hizbulloh» harakati chegara chizig‘i bo‘ylab Isroil armiyasining 3 ta harbiy bazasiga hujum uyushtirganini e’lon qildi.

«Hizbulloh» o‘zining rasmiy Telegram akkauntida Isroil armiyasiga hujum haqida bayonot berdi.

Bayonotda «Hizbulloh» Isroilning chegaradagi Rahib, Malikiya va Bag‘dodiya harbiy bazalariga boshqariladigan raketalar, «katyusha» raketalari va tegishli qurollar yordamida hujum qilgani qayd etildi. 

2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroil armiyasi va «Hizbulloh» o‘rtasidagi chegarada sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 386 «Hizbulloh» a’zosi va 18 Isroil askari halok bo‘ldi.

Mavzuga oid