Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Yuk avtomobili boshqaruvni yo‘qotgan va Kobalt hamda Matiz mashinalari bilan to‘qnashgan. Oqibatda yuk mashinasi va Matiz jarlikka qulagan.
Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 2024 yil 31 iyul kuni sodir bo‘lgan.
Shu kuni 16:14 da Qamchiq maxsus qidiruv yong‘in qutqaruv boshqarmasiga A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlangan yuk mashinasi jarlikka tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
“Zamon” informatsion dasturida aytilishicha, yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. So‘ng Kobalt va Matiz mashinalari bilan to‘qnashgan.
Oqibatda yuk mashinasi va Matiz jarlikka qulagan va ikki nafar fuqaro hodisa joyida halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar guruhi har ikki mashinani chuqurlikdan olib chiqqan va vaziyat oqibatlarini bartaraf etgan.
Qayd etilishicha, hozirda tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:07 / 21.09.2024
Romitan hokimi yordamchisi sodir etgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
15:26 / 20.09.2024
Skuter va yuk mashinalariga doir taqiqlar, “radarlar” hamda YHXXning bekor bo‘layotgan vakolati – Senat yangi o‘zgarishlarni ma’qulladi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024