O‘zbekiston | 14:03 / 02.08.2024
22657
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

O‘zbekiston bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +34…+39 bo‘ladi. 

Foto: Kun.uz

Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda va Toshkent viloyati ayrim tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo harorati asosan kunduz kunlari +34…+39 daraja, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +40…+42 daraja bo‘ladi. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 2−7 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 8−10 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechalari asosan +24…+26, kunduz kunlari +37…+39 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid