Eron Ismoil Haniya o‘limi bo‘yicha tafsilotlarni ma’lum qildi
HAMAS yetakchilaridan biri qisqa masofaga uchuvchi snaryad yordamida o‘ldirilgani ta’kidlanmoqda.
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya og‘irligi taxminan 7 kg bo‘lgan jangovar kallakli qisqa masofaga uchuvchi snaryad yordamida o‘ldirilgan. Bu haqda Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga (IIQK) tayanib Anadolu xabar berdi.
«HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘z qarorgohi tashqarisidan otilgan, og‘irligi taxminan 7 kg bo‘lgan qisqa masofaga uchuvchi kallakdan halok bo‘ldi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, suiqasd Isroil tomonidan AQSh hukumati ko‘magida rejalashtirilgan va amalga oshirilgan.
IIQK Haniya uchun qasos, albatta, kerakli vaqtda va kerakli joyda amalga oshirilishini ta’kidlamoqda.
Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Eronning yangi saylangan prezidenti Masud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga bordi. IIQK 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtidagi Ismoil Haniya yashayotgan qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Eron va HAMAS qotillikni uyushtirganlikda Isroilni aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqeaga izoh berishdan bosh tortmoqda.
Mavzuga oid
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
22:04 / 21.09.2024
Portlovchi peyjyerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi - Reuters
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
21:36 / 19.09.2024