Isroil vaziri 2 mln g‘azoliklarning o‘limi haqida gapirdi
Hech kim 2 million tinch aholining ochlikdan o‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, hatto bu asosli bo‘lsa ham, dedi Betsalel Smotrich.
Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich, uning fikricha, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami oqimini to‘sib qo‘yish, hatto 2 million tinch aholining ochlikdan o‘limiga olib kelsa ham, «asosli» ekanligini aytdi.
Provokatsion bayonotlar bilan tanilgan Smotrich Isroilning «Israel Xayom» (Israel Hayom) telekompaniyasi tomonidan uyushtirilgan konferensiyada Falastin eksklaviga insonparvarlik yordamini to‘sib qo‘yish zarurligi haqida gapirdi, deb yozadi The Times of Israel axborot sayti.
Vazirning fikricha, Isroilning shiddatli hujumlari va insonparvarlik yordamlari blokadasi tufayli bir necha oy davomida to‘yib ovqatlanmaslik va ochlikdan azob chekayotgan barcha g‘azoliklarning o‘limi «adolatlidir».
«Hozirgi global voqelikda biz urushni nazorat qila olmaymiz. Asirga olinganlar qaytib kelguniga qadar hech kim 2 million tinch aholining ochlikdan o‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, hatto bu asosli bo‘lsa ham», — dedi Smotrich.
Idora rahbari xalqaro hamjamiyat mintaqaga gumanitar yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi. Shuningdek, u G‘azo sektoriga hujumlarni davom ettirish uchun Isroilga xalqaro qonuniylik kerakligini ta’kidladi.
Smotrich Isroil G‘azo sektorining butun hududi ustidan nazoratni ta’minlashi kerakligini qo‘shimcha qildi.
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlari natijasida 39 583 kishi, jumladan 10 980 ayol va kamida 16 314 bola halok bo‘ldi, yana 91 398 nafari yaralandi.
Mavzuga oid
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024
Isroilning yangi mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
10:45 / 09.11.2024