O‘zbekiston | 19:12 / 07.08.2024
6079
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga yetib bordi.

Ostona xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi.

Ertaga ikki mamlakat yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi muloqotda ishtirok etish ham rejalashtirilgan.

Mavzuga oid